Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida koʻrilayotgan Temur Kapadze mazkur lavozimni qoʻlga olishdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Mutaxassis "Oʻzbekcha Futbol" loyihasi davomida eksklyuziv aloqada oʻz fikrlarini bildirdi.
- E'tiborni keyingi oʻyinlarga qaratish kerak. Jamoani muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Hozircha mazkur holat boʻyicha hech narsa ma'lum emas. Bu lavozim katta mas'uliyat talab etishini inobatga olgan holda vaziyatni toʻgʻri baholash lozim. Yakuniy qarorni esa vaqt koʻrsatadi. Mazkur oʻringa qay mutaxassis tayinlanishidan qat'iy nazar jamoadagi faoliyatida omad tilayman, - dedi 43 yoshli mutaxassis.
Ma'lumot uchun, avvalroq 2021 yildan beri terma jamoani boshqarib kelgan murabbiy Srechko Katanes sogʻligidagi muammolar sababli mazkur lavozimdan ozod etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar