22:24 / 24.01.2025
1 287

Taniqli agent: 50 million yevro emish? Nimalar deyapsizlar? Men bunga ishonmayman!

Taniqli agent: 50 million yevro emish? Nimalar deyapsizlar? Men bunga ishonmayman!
Abduqodir Husanovning 50 million yevro evaziga "Lans"dan "Manchester Siti"ga oʻtgani katta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Rossiya futboli mutaxassislari mamlakat klublari selektsionerlari va sport direktorlarini oʻzbek futbolchisining iqtidorini oʻz vaqtida baholay olmagani uchun tanqid qilishmoqda.

Rossiya futbol uyushmasi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov bu vaziyatga oʻz munosabatini bildirdi:
"SSKA skautlari iste'dodli Abbosbek Fayzullayevni payqay olgan boʻlsa, nega Abduqodir Husanovni koʻra olmadilar? Uning iqtidori koʻz oʻngimizda boʻlgan — Oʻzbekiston va Belarusda oʻynagan. Bu holat bizning sport menejerlarimizning obroʻsini oshirmaydi", — dedi Koloskov.

SSKAning sobiq sport direktori Andrey Movsesyan esa Husanovga e'tibor qaratganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Belarusning "Energetik-BGU" klubiga murojaat qilganida, "Lans" futbolchini transfer qilish boʻyicha muzokaralarni boshlagan edi.

Shu bilan birga, taniqli agent Dmitriy Selyuk Movsesyanni keskin tanqid qildi:
"Andrey, bu gaplarni endi aytib, nimani isbotlamoqchisan? Husanovni 100 ming yevroga olish imkoni bor edi. SSKA nega bu futbolchini 200 ming yevroga transfer qilmadi? Bu sport menejerlarimizning darajasini koʻrsatadi", — dedi Selyuk.

Qizigʻi shundaki, Selyukning oʻzi avvalroq Husanovning transferiga shubha bilan qaragan va "Manchester Siti"ning 50 million yevro sarflashi haqidagi ma'lumotga ishonmasligini bildirgan edi:
- Men Abduqodir Husanovni anchadan beri bilaman. U Belarus chempionatida “Energetik-BGU”da oʻynagan davrda mening futbolchim bilan bir xonadonda yashagan. Oʻzini koʻrsata oldi va “Lans”ni qiziqtirib qoʻydi.

Moslashuv davridan keyin bu jamoada iqtidorini namoyish qildi va yozishlaricha, uni soʻrab “Manchester Siti” kelibdi.

Meni ommaviy axborot vositalari keltirayotgan summa hayron qoldirdi. 50 million yevro emish? Nimalar deyapsizlar? Men bunga ishonmayman! Bu qanaqadir oʻyin. Agar 15 million deganlaringda ishonsam boʻlardi. Maksimum 20 million yevro boʻlishi mumkin. 40 million va qandaydir bonuslar haqida yozishyapti. Bunaqa raqamlar bilan faqat xalqni qoʻrqitasizlar.

Toʻgʻri, “Manchester Siti”da pul koʻp. Balki bunaqa xarajat qila olar. Bilmadim. Lekin 50 million yevro haqida gapirish ortiqcha. Endi sizlar markaziy himoyachi uchun bunaqa katta pul beradigan koʻplar klublarni bilarsizlar, lekin men bunga ishonmayman.

Hoy, bir e'tibor qilinglar, “Roma” yozda Artyom Dovbikni “Jirona”dan 30 million yevroga oldi. Sizlar 50 million yevro haqida gapiryapsizlar axir, - deb gapirgandi.

Ammo natijada, "Manchester Siti" 20 yoshli markaziy yarim himoyachi uchun 50 million yevro sarfladi. "Zar qadrini zargar biladi" degan maqol bu holatga toʻgʻri keladi shekilli.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport