SSKA, "Lokomotiv" va Oʻzbekiston milliy terma jamoalari sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Abduqodir Husanovning "Lans"dan "Manchester Siti"ga oʻtgani haqida fikr bildirdi.
"Mamlakat futboli darajasini terma jamoa baholaydi. Osiyo kubogi ancha muvaffaqiyatli oʻtdi. Qolaversa, xorijda toʻp surayotgan futbolchilar ham oʻziga xos oʻlchov sanaladi. SSKAda, "Roma"da va endi "Siti"da ham oʻzbekistonlik futbolchi bor. Husanov APL tarixidagi ilk oʻzbekistonlik sanaladi. Xudo xohlasa, u Angliyada ham muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻladi. Koʻramiz, balki Abbosbek ham yaqin orada qayergadir ketar", - dedi Denisov "Championat.com" nashriga bergan intervyusida.
Ayni vaqtda Denisov faoliyatini Rossiya media futbol jamoasi "SKA-Rostov" tarkibida davom ettirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar