Superliganing bu yilgi mavsumi joriy yilning 7 mart kuni start olishi rejalashtirilgan.
Liga uning toʻliq ishtirokchilari va klublar qaysi stadiondan qay tartibda foydalanishi masalasida ish olib borishiga toʻgʻri keldi.
Musobaqaga qur'a tashlash marosimi 1 fevral kuni 18:00 da start oladi va u "Futbol TV" orqali jonli efirga olib chiqiladi.
Qur'a jarayonida Liga quyidagi ketma-ketlikni inobatga oladi:
a) mavsum startini oʻz maydonida boshlamasligi, biroq keyinchalik boshqa stadionga koʻchib oʻtishi katta ehtimol boʻlgan klublar;
b) bir stadiondan foydalanishi koʻzda tutilgan va shundan kelib chiqib juftlik hosil qilgan klublar;
d) juftlik hosil qilmagan klublar.
Liga mutaxassislari qur'a va uning qolgan masalalarini jonli efirda tushuntirib berishi koʻzda tutilgan.
Manba: pfl.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar