UYeFAning eng nufuzli turnirlaridan biri – Evropa ligasida umumiy bosqich yakunlanib, 36 ta jamoadan 24 tasi bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi.
Eldor Shomurodov “Roma”ning “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvida gol urib, yangi formatda oʻtkazilayotgan ushbu musobaqadagi gollari hisobini ochdi.
Bu gʻalaba “Roma”ga xalqaro maydondagi yurishini davom ettirish imkonini berdi.
UYeFAning yangi formatdagi xalqaro turnirlari – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqichida 36 tadan jamoa qatnashdi. Kuchli sakkizlikdan oʻrin olgan klublar toʻgʻridan-toʻgʻri nimchorak finalga chiqadi. 9-24-oʻrin sohiblari pley-offning oʻtish uchrashuvlarida oʻzaro kuch sinashadi. Qolgan 12 jamoa musobaqani tark etadi.
“Roma” klubi 15-oʻrin sohibi sifatida 1/16 finalda oʻynashiga toʻgʻri keladi. Rimliklar bilan birga 9-24-oʻrinlarni band etgan “Budyo-Glimt”, “Anderlext”, “Styaua”, “Ayaks”, “Real Sosedad”, Galatasaroy”, “Viktoriya Plzen”, “Ferensvarosh”, “Portu, “Midtyulland”, “Yunion”, “AZ Alkmar”, PAOK, “Tvente”, “Fenerbahche” ham oʻtish oʻyinlarida qatnashadi.
Italiya futbolini yoritayotgan tuttomercatoweb.com saytiga koʻra, “Roma” nimchorak finalga chiqish uchun oʻtish uchrashuvida Vengriyaning “Ferensvarosh” yoki Portugaliyaning “Portu” klubidan biriga toʻqnash keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar