UYeFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur'a tashlanganidan xabaringiz bor. Unga koʻra, Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" klubi keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"si bilan bahs olib boradi.
Dastlabki oʻyin 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boʻlsa, javob bellashuvi 18 fevral kuni boʻlib oʻtishi belgilangan.
Gap shundaki, "qirollik klubi"ning 6 nafar asosiy futbolchisi ilk toʻqnashuvda sariq kartochka bilan jazolansa, "Bernabeu"da boʻlib oʻtadigan javob bellashuvini oʻtkazib yuborishadi. Mazkur 6 nafar oʻyinchilar: Kamavinga, Tchuameni, Bellingem, Modrich, Ryudiger va Endrik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar