Robin van Persi jamoasiga qarshi bir vaqtda 12 futbolchi oʻynadi

Robin van Persi jamoasiga qarshi bir vaqtda 12 futbolchi oʻynadi
Niderlandiya futbolida gʻalati voqea sodir boʻldi. Chempionatning 21-turida taniqli sobiq futbolchi Robin van Persi bosh murabbiylik qilayotgan “Xerenven” oʻz maydonida “Fortuna” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida mezbonlar hisobda 2:1 hisobida oldinda borayotgan vaziyatda “Fortuna” tarkibida bir daqiqa davomida 12 nafar futbolchi oʻynayotgani ma'lum boʻldi. 90-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Bu holat futbol jamoatchiligi tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Musobaqa jadvalida “Xerenven” 25 ochko bilan oʻninchi oʻrinda bormoqda. “Fortuna” esa, bir ochko koʻp jamgʻargan holda ikki pogʻona yuqoridan joy oldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar