08:53 / 02.02.2025
384

Robin van Persi raqib jamoada 12 futbolchi oʻynaganiga qanday munosabat bildirdi?

Robin van Persi raqib jamoada 12 futbolchi oʻynaganiga qanday munosabat bildirdi?
Niderlandiya futbolida gʻalati voqea sodir boʻldi. Chempionatning 21-turida taniqli sobiq futbolchi Robin van Persi bosh murabbiylik qilayotgan “Xerenven” oʻz maydonida “Fortuna” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida mezbonlar hisobda 2:1 hisobida oldinda borayotgan vaziyatda “Fortuna” tarkibida bir daqiqa davomida 12 nafar futbolchi oʻynayotgani ma'lum boʻldi. 90-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi – 2:2.

“Xerenven” bosh murabbiyi Robin van Persi bellashuvdan keyin oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

- Raqib bizga qarshi bir daqiqa davomida 12 kishi boʻlib oʻynadi. Oqibatda toʻpni maydondan tashqariga chiqarib yubordik. Bu holat burchak toʻpi belgilanishi bilan yakunlandi.

Bunaqa yuqori darajadagi uchrashuvda bunday holat yuz berishining oʻzi gʻalati. Men bundan hayratlandim. Lekin Niderlandiya futbol ittifoqining boshini ogʻritmaymiz. Bunaqasi boʻlishi mumkin emas, - dedi Robin van Persi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport