17:45 / 03.02.2025
689

"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Bizni yaxshi darajadagi raqib bilan keskin oʻyin kutmoqda"

"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Bizni yaxshi darajadagi raqib bilan keskin oʻyin kutmoqda"
Xabaringiz bor, ertaga, 4 fevral kuni "Paxtakor" Qatarda "Al Garafa"ga qarshi Elit Chempionlar Ligasi 7-tur oʻyinida maydonga tushadi.

Bugun mazkur bellashuvdan oldin matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiy Pedru Moreyraga hujumchi Igor Sergeyev hamroh boʻldi.

"Biz mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi oʻtkazdik deb oʻylayman. Bir oy yangi mavsumga hozirlik jarayonida boʻldik. Mashgʻulotlarda imkon qadar ishladik. Bizni mavsumdagi birinchi rasmiy oʻyin kutib turibdi. Raqib esa mavsumining qizgʻin pallasida. Bizni keskin bahs kutib turibdi. Yaxshi oʻyin namoyish qilib, ijobiy natijaga erishishga intilamiz.

Raqibni oʻrganib chiqdik. "Garafa" yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega jamoa. Portugaliyalik murabbiy Pedru Martins boshchiligida ular hujumkor futbol koʻrsatishmoqda. Raqibimiz juda kuchli jamoa", - dedi murabbiy.

"Turkiyadagi yigʻinda bir oy mashq qildik. Oʻylashimcha, jismonan va ruhan oʻyinga tayyormiz. Jamoadagi muhit ajoyib holatda. Ertaga muhim bellashuv boʻladi. Biz maydonda borimizni berishga harakat qilamiz. Uyga ijobiy natija bilan qaytishni xohlaymiz.

"Garafa" yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida koʻplab xorijlik va mahalliy yuqori saviyali futbolchilar bor. Biz mavsumni endi boshlaymiz. Imkon qadar eng yaxshi oʻyinimizni koʻrsatishga urinamiz", - dedi Igor Sergeyev.

Manba: "Paxtakor" FK matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport