“Arsenal” bosh murabbiyi “Manchester Siti”ga qarshi oʻyindan soʻng nimalar dedi?

“Arsenal” bosh murabbiyi “Manchester Siti”ga qarshi oʻyindan soʻng nimalar dedi?
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel ArtetaManchester Siti”ga qarshi oʻyindan (5:1) soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Murabbiy oʻyin paytida his-tuygʻulari boshqacha boʻlganini aytdi.

“Biz uchun ajoyib kun, ayniqsa, bunday darajadagi raqibni engganimizni hisobga olsak. Agressiv harakat qildik. Gʻalaba qozonish istagingiz kuchli boʻlsa ham, “shaharliklar”ga qarshi oʻyinda sabrli boʻlish kerak. Ba'zi holatlarda bir oz omadimiz keldi.

Bunday gʻalaba uchun koʻp narsa sizning foydangizga boʻlishi kerak. Birinchidan, stadionda aql bovar qilmaydigan muhit muhim, bunday atmosferada biror daqiqani bekorga sarflamadik. Bunday vaziyatda jamoaning oʻziga ishonchi ortadi, raqibda esa muammolar boʻladi. Kelajakda bu bizga koʻp yordam beradi”, — deydi ispaniyalik mutaxassis.

Ma'lumot uchun, London klubi 24-turdan soʻng 50 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar