12:53 / 04.02.2025
114

"Al Garafa" ustozi bugungi "Paxtakor"ga qarshi oʻyin haqida nimalar dedi?

"Al Garafa" ustozi bugungi "Paxtakor"ga qarshi oʻyin haqida nimalar dedi?
Bugun Elit OChL doirasida "Al Garafa" va "Paxtakor" jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi. Ushbu muhim oʻyin oldidan mezbonlar ustozi Pedro Martins va futbolchi Jalol Hamid matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Boʻlajak oʻyinning qadr-qiymati va ahamiyatini juda yaxshi anglab turibmiz. Maqsadimiz — keyingi bosqichga yoʻl olish.

Mazkur oʻyin uchun strategiyamiz mavjud. Men oʻz futbolchilarimga katta ishonch bildiraman.

Jarohatlar boʻlishiga qaramay, bizda hech qanday bahona yoʻq va bu kabi vaziyatlar uchun echimlarimiz mavjud", - deydi Pedro Martins.

"Al Garafa" buyuk jamoa hisoblanadi, shu bois barchamiz gʻalaba qozonishga intilyapmiz. Chempionatda erishgan ijobiy natijalarimiz barcha oʻyinchilarimiz uchun ishonch manbai boʻlib xizmat qiladi.

Maqsadimiz nufuzli turnirning keyingi bosqichiga yoʻllanma olish hisoblanadi", - deydi Jalol Hamid.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport