Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Manchester Siti»ning yangi oʻzbekistonlik oʻyinchisi Abduqodir Husanov bilan elchixonada uchrashdi. Bu haqda elchi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Favqulodda va muxtor elchimiz Ravshan Usmonov bilan kechgan samimiy suhbatda yosh futbolchimizning APL top klubidagi faoliyati, sport sohasida bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻli, qiziqishlari va diyorimizda millionlar oʻyiniga qaratilayotgan alohida e'tibor xususida soʻz bordi.
- «Manchester Siti» futbol klubi himoyachisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanovga muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi Ravshan Usmonov.
Abduqodir Husanov elchixonaga oʻz dastxati tushirilgan klub formasini sovgʻa qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar