Rim klubida joriy mavsum davomida 3 nafar turli bosh murabbiy ishladi – Daniele de Rossi, Ivan Yurich va Klaudio Raneri. Raneri ham yozda klubni tark etadi.
As nashri xabar berishicha, "Roma"dagilar loyihani mashhur murabbiy bilan qayta jonlantirishni niyat qilgan. "Jallorossi" oʻz navbatida bu ishni Karlo Anchelotti bilan amalga oshirishni niyat qilgan. Italiyalik murabbiy hozirda "Real"daligi yodingizda boʻlsa kerak.
Klub egalari Fridkinlar oilasi vakillari 65 yoshli mutaxassisni koʻndirishga astoydil kirishgan. Muzokaralardagi muhim argumentlardan biri Anchelottining rimliklar bilan aloqalari – Karlo 1979-1987 yillarda "Roma" sharafini himoya qilgan.
Murabbiyning oʻzi "Real"dan ketishni rejalashtirmayapti va faoliyatini aynan "qirollik klubi"da yakunlash variantini ham koʻrib chiqmoqchi. Biroq bu holat "Roma" uchun toʻsiq boʻlmayapti va klub Anchelotti bilan shartnomasi yakunlangach, yozda xayrlashishga qaror qilsa, italiyaliklarda imkoniyat boʻlishidan umidvor.
Eslatib oʻtamiz, "Roma" 23-turdan keyin 31 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 9-oʻrinni egallab turibdi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar