La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” xoʻjayini Florentino Peres Superligani tashkil qilish tarafdori boʻlgani uchun uni keskin tanqid qildi.
- Superliga tashkil etish gʻoyasi ortida kimlar turgani haqida aniq tasavvurga ega boʻlish talab etiladi. Koʻpchilik buning ortida Florentina Peres borligini tan olishni istamaydi. Hammaning yuzi ochiladi.
Futbolni qutqarish borasida Peresga oʻxshab fikrlash yaramaydi, uch yilda uch xil formatni taklif ham qilib boʻlmaydi.
Buni televizion model misolida koʻrish mumkin. Boshida hammasi bepul ekani aytiladi, keyin gibrid usulga oʻtiladi va oxirida hamma narsa nimaga borib taqalishini barcha yaxshi anglab turibdi.
Tasavvur qiling: hafta davomida bepul futbol tomosha qilasiz. Dam olish kunlari milliy ligalar oʻyini uchun pul toʻlash shart boʻladi. Buning effekti buzgʻunchilikdan boshqa narsa boʻlmaydi. “Real” oʻz oldiga futbolni qutqarish emas, uni “oʻldirish” vazifasini qoʻyganga oʻxshaydi, - dedi Xaver Tebas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar