date
views 89 636

Husanov bilan “Manchester Siti” Oʻzbekiston muxlislariga murojaat qildi

Husanov bilan “Manchester Siti” Oʻzbekiston muxlislariga murojaat qildi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi Instagram orqali Oʻzbekiston muxlislari uchun maxsus reklama kampaniyasini boshladi. Target reklama klubning rasmiy sahifasidan chiqarilayotgan boʻlib, unda Abduqodir Husanov surati va oʻzbekcha matn joylashtirilgan.

E'tiborlisi, reklama klubning Instagram sahifasiga obuna boʻlishga emas, rasmiy vebsayt orqali roʻyxatdan oʻtishga chaqirmoqda.

Oʻzbek muxlislariga qaratilgan bunday reklama klubning Oʻzbekistondagi auditoriyasiga e'tibor qaratayotganini koʻrsatadi. Yozuvda kichik xatolik borligi aytilmoqda, biroq umuman olganda, tashabbus juda ajoyib!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanov bilan “Manchester Siti” Oʻzbekiston muxlislariga murojaat qildi