Qatar JCh-2022 o‘yinlari uchun 6 ta yangi o‘yingoh tayyorlamoqda

Qatardagi JCh-2022 tashkilotchilari yangi stadion loyihasini namoyish etdi. Al-Rayyan shahridagi mazkur arenaga “Qatar Foundation Stadium” nomi beriladi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Shuningdek, bu o‘yingoh o‘z bag‘riga 40 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Ushbu o‘yingohni qurish ishlari 2018 yilda yakunlanadi.
Mundial bahslaridan so‘ng stadion sig‘imi 25 minggacha qisqartirilib, uning o‘rniga basseyn va usti yopiq pavilon qurilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan mundial o‘yinlarini qabul qilish uchun Qatarda yana beshta stadion qurish ishlari olib borilmoqda.









Foto: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing