![Javohir Sindarov nufuzli turnirni "yondirmoqda"...](/uploads/posts/2025-02/c9f377974c_20230807_084528.webp)
Mukofot jamgʻarmasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi "2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus" turniri qizgʻin pallaga kirdi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz shaxmatchilari – Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham dunyoning eng kuchli grossmeysterlari bilan bahs olib bormoqda.
Turnir davra tizimida oʻtkazilib, har bir ishtirokchi aylana usulida barcha raqiblari bilan rapid formatida oʻynaydi. Eng kuchli sakkizta shaxmatchi pley-off bosqichiga yoʻl oladi. Pley-off bosqichida esa har bir juftlik oʻrtasida ikki klassik partiya oʻynaladi. Agar umumiy hisob teng boʻlsa, gʻolib taybrek orqali aniqlanadi. Vaqt nazorati 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya qoʻshimcha vaqtdan iborat (90+30).
Musobaqada yurtimizning yosh iqtidorli shaxmatchisi Javohir Sindarov juda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U hozirgacha Vinsent Kaymar (Germaniya), Levon Aronyan (AQSh), Vladimir Fedoseyev (Rossiya) va Magnus Karlsen (Norvegiya) kabi kuchli raqiblarni magʻlub etdi. Ayniqsa, jahonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri – Magnus Karlsen ustidan qozonilgan gʻalaba Sindarovga turnir jadvalida etakchilar qatorida qolish imkonini berdi. Uning bu muvaffaqiyati natijasida u hozircha amerikalik Fabiano Karuana bilan bir xil ochko toʻplab turibdi.
![](/uploads/posts/2025-02/42e6be9774_nintchdbpict000371861388-e1512769308864.webp)
Turnirning ilk kunlaridan boshlab Fabiano Karuana peshqadamlik qilmoqda. Nodirbek Abdusattorov esa 2,5 ochko bilan xavfli hududga yaqin turibdi. Qayd etish joiz, 4 kundan soʻng umumiy jadvalda 9- va 10-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar musobaqani tark etadi.
Hozircha Gukesh Dommaraju va Magnus Karlsen 2 ochko toʻplagan holda oxirgi oʻrinlarda qolmoqda. Bu esa turnirning kutilmagan natijalaridan biri sifatida baholanmoqda. Biroq musobaqada hali koʻplab uchrashuvlar oldinda, shuning uchun jadvalning toʻliq oʻzgarib ketishi ehtimoli ham yoʻq emas.
Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovga kelgusi bellashuvlarda ham muvaffaqiyat tilab qolamiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar