![A Seriya. "Roma" penaltidan urilgan goli evaziga "Venetsiya"dan ustun keldi](/uploads/posts/2025-02/63de998a37_59232e318ad8929c4827543389f275e067a8ac150af7d468697275.webp)
Italiya A Seriyasining 24-turidan oʻrin olgan bahs oʻz nihoyasiga etdi. Mazkur turda Klaudio Raneri boshchiligidagi rimliklar "Venetsiya" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Yagona golni argentinalik hujumchi Dibala 57-daqiqada penaltidan kiritdi. Milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov 90+2 daqiqada Dovbik oʻrniga zaxiradan oʻyinga qoʻshildi.
![](/uploads/posts/2025-02/4b3cd9505c_814220_680.webp)
Ma'lumot oʻrnida, "Roma" navbatdagi bellashuvini Evropa ligasining pley-off bosqichida "Portu"ga qarshi oʻtkazadi. Mazkur toʻqnashuv 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
"Venetsiya" — "Roma" 0:1
Gol: 0:1 – 57, penalti Dibala.
"Venetsiya": Radu, Kande, Idzes, Markandalli (Shingten, 57), Buzio, Yeboa (Oristanio, 58), Dzerbin, Nikolussi-Kavilya, Kike Peres (Marich, 80), Ellertsson (Byarkason, 71), Filya (Gyutkyayer, 80).
"Roma": Svilar, Ndika, Manchini, Chelik, El-Shaaravi (Nelsson, 58), Dibala (Baldantsi, 68), Anxelino, Rensx (Salemakers, 46), Kristante, Gurna-Duat (Pizilli, 58), Dovbik (Shomurodov, 90+2).
Ogohlantirish: Gurna-Duat (9), Filya (10), Kande (24), Kristante (61), Chelik (69). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar