![Angliya Kubogi. “Liverpul”ni qaqshatgan “Plimut” “Manchester Siti”ga qarshi!](/uploads/posts/2025-02/ded39e4d30_gyznostxaaas_hn-4byo03qv.webp)
Foto: The Mirror
Futbol boʻyicha Angliya Kubogi 1/8 final bosqichi uchun 10 fevral, dushanba kuni qur'a tashlandi. Unga koʻra, “Liverpul”ni sensatsion tarzda magʻlub etgan “Plimut” “Manchester Siti” bilan nimchorak finalda toʻqnash keladigan boʻldi.
Angliya Kubogining 1/8 final juftliklari:
- “Preston” – “Bernli”
- “Aston Villa” – “Kardiff Siti”
- “Donkaster” yoki “Kristal Pelas” – “Milluoll”
- “Manchester Yunayted” – “Fulhem”
- “Nyukasl” – “Brayton”
- “Bornmut” – «Vulverhempton
- “Manchester Siti” – “Plimut”
- “Ekseter” yoki “Nottingem Forest” – “Ipsvich”
Ma'lumot uchun, nimchorak final oʻyinlari 1-2 mart kunlari boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar