7 241
Babayan O‘zbekiston milliy tema jamoasining Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibini ma’lum qildi
Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 4 noyabrdan yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston bugundan Janubiy Koreyaga qarshi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan safardagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.
Ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 10 noyabr kuni, “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 17:00da boshlanadi.
Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma jamoa murabbiylar shtabi Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)
Himoyachilar: Egor Krimes (“Beyjin Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (Changchun Yatay – Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” - Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” - Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).
Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjin Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” – Qozog‘iston).
Ta’kidlash kerakki, Oston O‘runov hamda Jasurbek Yaxshiboyev milliy terma jamoaga yosh futbolchilarni tayyorlash dasturi doirasida bosh jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun taklif qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?