![Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi](/uploads/posts/2025-02/4aa6783b08_uq_4s3nap4trtx7r50nxglmltkgw0upn.webp)
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati tomonidan «Oʻzbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga moʻljallangan strategiyasi» hamda mamlakatimiz futzal milliy jamoalarining yangi bosh murabbiylarini tanishtirish marosimi oʻtkazildi.
Unda Nodir Eliboyev futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi deb e'lon qilindi. Braziliyalik Maurisio Teysheyra esa jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy etib tayinlandi.
![](/uploads/posts/2025-02/9edb610db1_0fnsxwzlu3ev1tvqhxyaci7jzmy3afzm.webp)
Tadbirda, shuningdek, futzal boʻyicha Oʻzbekiston ayollar va yoshlar jamoalarining ham murabbiylari tanishtirildi:
- Farrux Zokirov — Oʻzbekiston ayollar jamoasi bosh murabbiyi.
- Konstantin Sviridov — Oʻzbekiston yoshlar jamoasi bosh murabbiyi.
- Dilshod Rahmatov — Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi bosh murabbiyi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar