02:41 / 17.02.2025
805

"Yuventus" "Inter"ni magʻlub etdi

"Yuventus" "Inter"ni magʻlub etdi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Yuventus" "Inter" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 74-daqiqada Fransisku Kone jan kiritdi. Gʻalaba evaziga "Yuventus" 46 ochko toʻplab, musobaqa jadvalida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi.

Statistikaga koʻra, "Inter" toʻpga koʻproq egalik qilgan (59%) va 17 zarba yoʻllagan, biroq faqat ikkitasigina aniq boʻldi. "Yuventus" esa 16 zarba berib, 8 marta darvozani aniq nishonga oldi.

Bu natijadan soʻng "Inter" 54 ochko bilan ikkinchi oʻrinda qoldi, peshqadam "Napoli" esa 56 ochko bilan birinchi pogʻonani egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport