
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini qayta shakllantirish va asosan iste'dodli yosh futbolchilardan tuzishga qaror qildi.
EL Nacional nashrining yozishicha, ana shu maqsadda ispaniyalik mutaxassis asosiy tarkibning uch nafar tajribali vakilidan voz kechmoqchi.
Xosep Gvardiola Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva va Ilkay Gyundogʻanning ketishi jamoani qayta qurish jarayonini tezlashishini ta'minlaydi, deb hisoblamoqda.
Bu futbolchilar orasida 34 yoshli Gyundogʻan va 33 yoshli Kevin de Bryuynening shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Pepning talabidan kelib chiqib, bu yulduzlarga yangi shartnoma taklif etilmaydi.
30 yoshli Bernardu Silva jamoada 2026 yilning yozigacha qolishi mumkin. Silvaning oʻzi klub bilan yangi shartnoma tuzishni istamayapti va katta ehtimol bilan yozda sotib yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar