
Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan biri “Nyukasl” asosiy hujumchisi Aleksander Isaakni ushlab qolishi qiyin boʻladigan koʻrinadi.
The Telegraph nashrining yozishicha, shved hujumchisi yozda boshqa klubga oʻtishi kutilmoqda.
“Nyukasl” rahbariyati agar jamoa kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasiga yoʻllanma ola bilmasa, Isaakni sotib yuborishga qaror qilgan.
Hozircha, “qargʻalar” musobaqa jadvalida 41 ochko bilan ettinchi pogʻonada bormoqda. Chempionlar ligasiga yoʻllanma beradigan hozirgi oʻrin – toʻrtinchi pogʻonaga “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Bornmut” ham da'vogarlik qilyapti.
Oʻtgan turda “Nyukasl” toʻgʻridan toʻgʻri raqobatchi “Manchester Siti”dan 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Bellashuvda “shaharliklar” himoyachisi Abduqodir Husanov Aleksander Isaakka umuman oʻyin bermadi.
25 yoshli hujumchiga hozirning oʻzida “Arsenal”, “Liverpul”, “Barselona” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.
Isaak joriy mavsum 29 ta uchrashuvda 19 ta gol va 5 ta assist muallifi boʻldi. Transfermarkt portali ekspertlari uni 75 million yevroga baholadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar