date
views 14 236

"Paxtakor"ning keyingi bosqichdagi raqibi ma'lum boʻldi

"Paxtakor"ning keyingi bosqichdagi raqibi ma'lum boʻldi
Elit Chempionlar ligasi nimchorak finalida "Paxtakor"ga qaysi jamoa raqiblik qilishi ma'lum boʻldi.

"Istiqlol" safarda "Ar-Rayyan"ni taslim etganidan soʻng "sherlar" Elit Chempionlar ligasi turnir jadvalida 8-oʻringa joylashdi va soʻnggi yoʻllanma sohibiga aylandi.

Endilikda, ular turnir jadvalini birinchi oʻrinda yakunlagan "Al-Hilol" bilan chorak final yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi. Ular soʻnggi turda "Al Vasl"ni taslim etdi va toʻplar nisbatiga koʻra, "Al-Ahli"ni ortda qoldirdi.

Elit OChL 1/8 final juftliklari:

1. "Paxtakor" - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
2. "Al Rayan" (Qatar) - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)
3. "Istiqlol" (Eron) - "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
4. "Al Vasl" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar)

Birinchi oʻyinlar jadvalda pastroqda boʻlgan jamoa uyida, javob bahsi esa yuqoriroqdagi klub maydonida boʻlib oʻtadi.

"Paxtakor" ilk bellashuvni 3 yoki 4 mart kuni "Al Hilol"ga qarshi Toshkentda oʻtkazadi, javob bellashuvi bir hafta oʻtib Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning keyingi bosqichdagi raqibi ma'lum boʻldi