
“Real” hujumkor futbolchisi Rodrigo Goes anchadan beri Evropaning bir necha grand klublarini qiziqtirib keladi. Xususan, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham braziliyalik yulduzni oʻz shogirdlari orasida koʻrishni istaydi.
Todofichajes nashrining ma'lum qilishicha, “shaharliklar” 24 yoshli fubolchi uchun 150 million yevro xarajat qilishni rejalashtirgan.
Rodrigoning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Bu hujumchi joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, oltita gol va beshta assist muallifi boʻldi.
Transfermarkt ekspertlari bu futbolchini 100 million yevroga baholamoqda. Manchesterliklar taklif qilayotgan summa “Real” rahbariyatini qoniqtirishi mumkinligi aytilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar