Mbappe Gvardiola jamoasiga xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchi bo‘ldi

Mbappe Gvardiola jamoasiga xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchi bo‘ldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining "Manchester City"ga qarshi javob uchrashuvida xet-trik qayd etdi. Fransiyalik futbolchi birinchi bo‘limda ikki gol urgan bo‘lsa, 61-daqiqada uchinchi golni kiritib, hisobni 3:0 (ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 6:2) ko‘rinishiga keltirdi.

MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe Gvardiola boshqaruvidagi jamoalarga qarshi xet-trik qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bu natijaga quyidagi futbolchilar erishgan:

Serxio Aguero (2014),
Lionel Messi (2016),
Jeymi Vardi (2016 va 2020),
Kristofer Nkunku (2021),
Viktor Dyokeresh (2024).

Mbappe "Real"dagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda. U bunga qadar "PSJ" safida to‘p surgan.

Xosep Gvardiola 2016-yildan buyon "Manchester City"ni boshqarib kelmoqda. Unga qadar esa "Barselona" va "Bavariya" klublarida ishlagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar