EChL 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi

EChL 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi
Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi oʻtkazildi. Ushbu haftada yana 8 ta pley-off ishtirokchisi aniqlandi. Ular yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun oʻtish oʻyinida ishtirok etdi.

Endilikda 16 ta jamoa asosiy bosqich turnir jadvalidagi oʻrnidan kelib chiqqan holda, ikkita ehtimoliy raqibdan biri bilan oʻynaydi.

Qur'ani doimgidek UYeFA bosh kotibi oʻrinbosari Jorjio Marketti olib bordi. Biz qur'a natijalari, shuningdek, finalgacha boʻlgan musobaqa toʻrini bilib oldik.

1/8 final juftliklari:
1) "Bryugge" – "Aston Villa"
2) "Borussiya D" – "Lill"
3) "Real" – "Atletiko"
4) "Bavariya" – "Bayer"
5) PSV – "Arsenal"
6) "Feyenoord" – "Inter"
7) PSJ – "Liverpul"
8) "Benfika" – "Barselona"
EChL 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi
Musobaqa toʻri
EChL 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi
Ushbu bosqichining dastlabki oʻyinlari 4-5 mart kunlari, javob oʻyinlari esa 11-12 mart kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar