
Xitoyda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo Kubogi oʻtkazilmoqda.
Xitoyda oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida ikkinchi yarimfinalchi aniqlandi. Avstraliya Iroqqa qarshi chorakfinalda ikki bor hisobda ortda bora turib, yakunda irodali gʻalabaga erishdi.
Natijada «kengurular» yarimfinalga chiqish bilan birga Chilida boʻladigan jahon chempionatiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
U20 Osiyo Kubogi, chorak final
Avstraliya - Iroq 3:2
Gollar: Yovanovich 22, Kikianis 62, Badolato 74 - Faysal 15, Qabil 26.
Avstraliya: 1.Xoll, 7.Benni, 3.Esposito, 4.Kikianis, 5.Talladira, 11.Kvintal (Yull 46), 15.Pirman (Deli 46), 6.Okon Engstler, 10.Badolato, 9.Yovanovich (Bugriya 90), 19.Ture (Bosnyak 84).
Iroq: 12.Ali, 13.Emad (Haji 79), 5.Al Muhammad, 17.Musa, 6.Fahem, 21.Dheya (Jasim 79), 15.Mohalad, 9.Qabil, 10.Faysal, 20.Kararr (Luay 84), 11.Navaf (Visam Abbudi 61).
Avstraliya ushbu gʻalaba bilan Osiyo Kubogi yarim finali va Chilida oʻtadigan JCh uchun chiptani qoʻlga kiritdi. Avstraliyaliklar turnir yarim finalida Eron va Yaponiya juftligi gʻolibi bilan bellashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar