20:45 / 23.02.2025
1 951

Manchester City - Liverpool o‘yini oldidan prognoz

Manchester City - Liverpool o‘yini oldidan prognoz
Bugun Angliya Premer-ligasining markaziy uchrashuvlaridan biri — Manchester City va Liverpool o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv "Etihad" stadionida o‘tkaziladi va unda har ikki jamoaning imkoniyatlari baholanmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Liverpoolning g‘alaba qozonish ehtimoli 45% deb baholanmoqda, Manchester City esa uy uchrashuviga qaramay, 30% imkoniyatga ega. Durang ehtimoli esa 25% ni tashkil etadi.

Turnir jadvaliga nazar tashlasak, Liverpool hozir 61 ochko bilan birinchi o‘rinda, Manchester City esa 44 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada. Liverpool so‘nggi 5 uchrashuvining 4 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, City so‘nggi 5 uchrashuvining faqat 2 tasida muvaffaqiyat qozongan.

Pep Guardiola jamoasi uy maydonida yaxshi natijalar ko‘rsatib kelgan, ammo bu safar raqib musobaqaning eng kuchli jamoasi. Liverpoolning hujum chizig‘idagi Muhammad Salah, Luis Dias va Dominik Soboslay kabi futbolchilari hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Shu bilan birga, Manchester Cityning Foden, De Bryuyne va Ederson kabi tajribali futbolchilari natijaga ta’sir qilishi mumkin.

Bu to‘qnashuv Premer-liga chempionligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport