
Angliya Premer-ligasining bugungi markaziy uchrashuvlaridan birida Newcastle United Nottingem Forestni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv tomoshabinlarga haqiqiy futbol shousini taqdim etdi.
Newcastle safida Lui Mayli (23'), Djamol Laskelles (27') va Aleksander Isak (33', 34') gol urdi. Isakning tezkor dubliga qaramay, Forest o‘yindan voz kechmadi va oxirigacha kurashdi. Ular safida Kallum Hudson-Odoi (6'), Nikola Milenkovich (63') va Ryan Yates (90') gol urib, intriganing oxirgacha saqlanishini ta’minladi.
Statistikaga qaraganda, Newcastle to‘pga egalik qilishda ustunlik qildi (57%) va 451 ta aniq pas oshirdi. Forest esa hujumda faollik ko‘rsatib, raqib darvozasiga 17 ta zarba yo‘lladi. Jamoalar keskin kurash olib bordi – Newcastle 11, Forest esa 13 marta qoida buzdi.
G‘alaba evaziga Newcastle 44 ochkoga ega bo‘lib, 5-o‘ringa ko‘tarildi, Forest esa mag‘lubiyatga qaramay 47 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar