
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyda U20 Osiyo kubogi boʻlib oʻtmoqda. Biroz avval chorak final doirasidagi Koreya Respublikasi - Oʻzbekiston oʻrtasidagi bahs yakunlandi.
Asilbek Jumayev hisobni ochgan boʻlsa, koreyslar Shin Minha (dubl) va Kim Tayvonning gollari evaziga oldinga chiqib oldi - 3:1. 90-daqiqada Oʻrinboyev hisobni qisqartirgan boʻlsa, oʻyin tugashiga 3 soniya qolganda Abdugʻofur Haydarov gol urib, oradagi farqni yoʻqqa chiqardi.
Shu tariqa, ekstra-taymlarga oʻtildi. Qoʻshimcha boʻlimlarda ham raqib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Seriyada esa Koreya gʻalaba qozondi va Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Gollar: 0:1 – 18, Asilbek Jumayev (Daler Toʻqsonov), 1:1 – 26, Shin Min Ha, 2:1 – 56, Shin Minxa (Yun Duyang), 3:1 – 61, Kim Taevun (Li Geonxi), 3:2 – 90, Muhammadali Oʻrinboyev (Ollobergan Karimov), 3:3 – 90+4, Abdugʻafur Haydarov (Muhammadali Raimov).
Koreya Respublikasi: 23.Xon Syon Min, 4.Cho Xeonu, 5.Kim Geol (12.Pak Seungnsu, 71), 7.Son Syonmin (6.Kim Xojin, 89), 10.Kim Taevun, 13.Li Changvu, 14.Baek Minyu (9.Xa Jaengvu, 71), 15.Li Geonxi, 16.Kim Seojin, 20.Shin Minxa, 22.Yun Duyang (11.Kan Juxeok, 89).
Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 2.Bae Xyunseo, 3.Shim Eonvon, 8.Sun Shin, 17.Jin Tayexo, 18.Li Echan, 19.Kim Xyunvu.
Oʻzbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov (4.Gʻiyos Rizoqulov, 82), 5.Aziz Toʻlqinbekov (16.Muhammadali Raimov, 60), 6.Ravshan Xayrullayev (17.Ollobergan Karimov, 70), 7.Daler Toʻxsanov (11.Murod Komilov, 60), 9.Saidumarxon Saidnurullayev (18.Narimon Ahmadjonov, 82), 10.Muhammadali Oʻrinboyev, 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullayev, 22.Asilbek Jumayev (3.Muhammadali Zohidov, 117), 23.Abdugʻafur Haydarov.
Zaxira: 1.Maksim Murkayev, 8.Amirbek Saidov, 14.Ozodbek Qurbonov, 15.Laziz Mirzayev, 19.Rustam Fomin, 21.Samandar Murodboyev.
Ogohlantirishlar: Daler Toʻqsonov (55), Abdugʻafur Haydarov (57), Yun Duyang (65), Li Geonxi (67), Xa Jaengvu (96). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar