21:44 / 25.02.2025
136

Umar Eshmurodov "Nasaf", chempionlik, Katanes va Cheran haqida gapirdi

Umar Eshmurodov "Nasaf", chempionlik, Katanes va Cheran haqida gapirdi
Superliganing amaldagi chempioni "Nasaf" Turkiyada tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib bormoqda.

"Ajdarlar" bu yil tarkibga bir nechta tajribali futbolchilarini qaytardi. Xususan, mudofaa chizigʻiga Umar Eshmurodov jalb qilindi. Oʻtgan mavsumda Malayziyaining "Selangor" klubida toʻp tepgan futbolchi yana "ajdarlar" sharafini himoya qiladi. Eshmurodov yangi mavsumga tayyorgarlik haqida fikrlari bilan boʻlishdi.

- "Nasaf" amaldagi chempionlikni oʻzida saqlab qolishga tayyormi?
- Albatta. "Nasaf" bu yil ham barcha turnirlarda bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Turkiyadagi yigʻinimiz mavsumga tayyorgarlik uchun ayni muddao va foydali boʻldi deya olaman. Yaxshi jamoalarga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Chempionat startiga qadar biroz vaqt bor. Ungacha kamchiliklarimizni toʻgʻrilab, jismoniy holatimizni optimal holatga olib chiqamiz.

- Chempionlik yoʻlida qaysi jamoani jiddiy raqib sifatida koʻryapsiz?
- Superligada har bir uchrashuvga jiddiy qarab ochko jamgʻarish talab etiladi. Oʻz safiga yaxshi futbolchilarni qoʻshib olgan futbolchilar bor. "Paxtakor", "Neftchi", "Navbahor", OKMK, "Soʻgʻdiyona" jamoalaridan xuddi biz chempionlik uchun kurashishni kutmoqdaman.

- Bu yil Superligada 3 ta Qashqadaryo jamoasi oʻynaydi. Qiziqarli derbilardan nima kutyapsiz?
- Yaxshi derbilar boʻlishi shubhasiz. Qashqadaryoda futbolga qiziqish juda yuqori. Shu oʻrinda "Shoʻrtan" va "Mash'al"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman.

- Dragan Cheran va Rubin Xebay bu yil nechta gol uradi?
- Nechta gol urishini taxmin qilmayman, lekin jamoaga katta foydasi tegishiga ishonaman.

- Milliy terma jamoada Katanes davrida asosiy himoyachi boʻldingiz. Undan koʻproq nimani oʻrgandingiz?
- Katanes koʻp jabhalarda oʻsishimizga yordam berdi. Ayniqsa jismoniy taraflama hali koʻp ishlashimiz kerakligini koʻrsatib ketdi. Bu uchun undan minnatdormiz va sogʻlik tilaymiz. Oldimizdagi oʻyinlarda har bir raqib xavfli. Biz tartibli oʻynab maksimal ochko yigʻishimiz lozim.

Muallif: Iskandarov Abdulaziz

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport