20:44 / 26.02.2025
144

Oʻzbekiston kubogi. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi

Oʻzbekiston kubogi. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi
Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

Guruhning birinchi va ikkinchi jamoasi 2 tadan uchrashuvni oʻz maydonida oʻtkazadi va faqat 1 ta oʻyinni safarda oʻtkazadi. Guruh bosqichiga saralash orqali etib kelgan jamoa hamda guruhning uchinchi raqamli jamoasi 1 ta uy hamda 2 ta safar bellashuvida qatnashadi.

Musobaqaning saralash bosqichiga keyinroq qur'a tashlanadi va uning yakuniga koʻra gʻolib chiqqan sakkiz jamoa mos ravishda oʻz guruhidan joy oladi. Qolgan 24 jamoa esa tasodifiy raqam va albatta tasodifiy guruhdan oʻrin egallaydi.

Finalni esa "Bobur Arena" qabul qiladi.

"A" guruhi: "Aral", "Soʻgʻdiyona", "Tsementchi", Saralash A

"B" guruhi: "Andijon", "Surxon", "Dinamo", Saralash B

"D" guruhi: "Mash'al", "Shoʻrtan", "Olimpik", Saralash D

"E" guruhi: "Navbahor", "Neftchi", "FarDU", Saralash E

"F" guruhi: "Qoʻqon-1912", "Zomin", "Qizilqum", Saralash F

"G" guruhi: "Bunyodkor", "Buxoro", "Lokomotiv", Saralash G

"H" guruhi: "Paxtakor", OKMK, "Nasaf", Saralash H

"I" guruhi: "MobiUz", "Xorazm", "Jayxun", Saralash I


Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport