Sent-Eten shahri Evro-2016 musobaqasida sarflaganidan 17 barobar ko‘p daromad qildi

Sent-Eten shahri Evro-2016 musobaqasida sarflaganidan 17 barobar ko‘p daromad qildi
Sent-Eten shahri Evro-2016 musobaqasida sarflaganidan 17 barobar ko‘p daromad qildi

Yevropa chempionatining Fransiyada o‘tishi Sent-Eten shahri byudjetiga katta foyda keltirdi.

Shahar meriyasining ma’lum qilishicha, musobaqani o‘tkazishdan tushgan daromad 45,1 million yevroni tashkil qilgan. Bu sarflangan pullardan 17 marta ko‘p demakdir.

UEFAning mehmondo‘st shaharlar reytingida Sent-Eten Parij va Nissadan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi.

Evro-2016 chempionati finalida mezbon Fransiyani yenggan Portugaliya o‘z tarixida ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar