16:31 / 27.02.2025
220

Raneri: “Shomurodov asosiy tarkibga loyiq”

Raneri: “Shomurodov asosiy tarkibga loyiq”
Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri ukrainalik hujumchi Artyom Dovbikning jarohati tufayli Eldor Shomurodovning asosiy tarkibga kiritilishi haqida fikr bildirdi, deb RomaPress xabar berdi.

“Men futbolchilarimni maydonga tushirish borasida hech qachon ikkilanmaganman. U xoh Eldor bo‘lsin, xoh Artyom – har biri jamoaga foyda keltirishni istaydi. Tanlov qilish doim qiyin. Agar tarkib borasida xato qilsam ham, bu muammo emas. Chunki jamoamizdagi barcha futbolchilar o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘radi,” – dedi Raneri.

O‘zbekistonlik futbolchi yanvar oyida jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, zahiradan tushib, ishonchli o‘yin ko‘rsata boshladi. So‘nggi bahslarda u asosiy tarkibda harakat qilmoqda va jamoasi uchun muhim gollar urmoqda. Italiya chempionati 26-turida “Monsa”ga qarshi o‘yinda Shomurodov jamoasining birinchi goliga assist berdi, ikkinchi golni esa o‘zi kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Roma” Italiya A seriyasi 26-turidan so‘ng 40 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport