
Ukrainadagi Football.ua nashri Ukraina chempionati 16-turida yaxshi o‘yin namoyish qilgan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi. Ushbu terma jamoadan "Vorskla" klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov ham o‘rin olgan.
"Sanjar Tursunov "Vorskla" tarkibida "Goverla"ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘zini ko‘rsata oldi. "Vorskla" uchun standart vaziyatlar va tezkor hujumlarning o‘rni katta. Bu borada Sanjar Tursunov qay darajada bebaho ekanini ta’kidlab o‘tish shart.
Tursunov har ikki golli hujumda ishtirok etdi va yana bir qator vaziyatlarda o‘yinni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi", - deyiladi Football.ua tomonidan Sanjar Tursunovga berilgan ta’rifda.
Manba: www.uff.uz
Sanjar TursunovVorskla KlubiUkraina ChempionatiRamziy TermaFutbol O'yinlariHujum Taktikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar