
Angliya Kubogining beshinchi bosqichida "Manchester City" jamoasi o‘z maydonida "Plymut Argayl" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar safida hisobni 38-daqiqada Maksim Talovyerov ochdi. Biroq "Manchester City" jamoasi o‘yinni o‘z qo‘liga oldi va 45+1-daqiqada Niko O'Rayli, 76-daqiqada yana O'Rayli va 90-daqiqada Kevin De Bryuyne tomonidan kiritilgan gollar bilan yirik g‘alabaga erishdi.
Statistikaga ko‘ra, "Manchester City" 73% to‘p nazoratiga ega bo‘ldi, darvozaga 28 ta zarba yo‘lladi, ulardan 9 tasi aniq bo‘ldi. Mehmonlar esa atigi 1 ta zarba yo‘llab, uni golga aylantira oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar