
Tailandning Bangkok shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionati III divizionida qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi munosib natijalarni qayd etmoqda.
Kecha o‘tkazilgan guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida hamyurtlarimiz Lyuksemburg jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O‘zbekiston terma jamoasining to‘liq ustunligida kechgan o‘yinda vakillarimiz raqiblarini 12:1 hisobida mag‘lub etdi.
Jahon chempionatining dastlabki uchrashuvida Janubiy Afrika Respublikasini 12:0 hisobida yutgan hamyurtlarimiz 3-mart kuni bo‘ladigan uchrashuvda Turkmaniston jamoasi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, ilk bor jahon chempionati III divizionida qatnashayotgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi Lyuksemburg, JAR, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina hamda Tailand jamoalari bilan “B” guruhidan joy olgan.
Musobaqalar 6-martgacha davom etadi.
O‘zbekiston U18Xokkeychilar O‘rtasidaJahon ChempionatiLyuksemburg JamoasiKuch SinashadiMunosib Natijalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing