
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matov Rossiyaning nufuzli manbasi – “Match TV”ga intervyu berdi.
— Rossiya terma jamoasidan kimni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?
— Igor Akinfeyevni bilaman, lekin u terma jamoada o‘ynamayapti. Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda penaltini qaytarganini yaxshi eslayman. Men ham o‘tgan yili Olimpiya o‘yinlarida ispanlar bilan bo‘lgan uchrashuvda penaltidan yo‘llangan zarbani xuddi unga o‘xshab qaytardim.
— Akinfeyev jahondagi top-darvozabonlar qatoriga kiradimi?
— “Top-10”ga aniq kiradi, deb o‘ylayman. Abbosbek Fayzullayev u haqida ko‘p yaxshi narsalarni gapirib bergan.
— Uning futbolkasini so‘ramadingizmi?
— Buni juda xohlardim, Abbosdan so‘rab ko‘rishim kerak bo‘ladi.
— Fayzullayevning nimasi zo‘r?
— Top-o‘yinchi, texnikasi kuchli. U “o‘zbek Messisi”.
— Siz Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynagansiz. O‘sha uchrashuvni eslaysizmi?
— Toshkentdagi o‘yinda hisob ochilmagan. Rossiya juda kuchli jamoa, zo‘r o‘yinchilari bor. O‘shanda oson bo‘lmagan, lekin uchrashuv yaxshi o‘tgandi. Sizlarning jamoangiz bilan yana o‘yin tashkil qilinsa, xursand bo‘lardim.
— Sizni hech Rossiyada o‘ynagani chaqirishganmi?
— Yo‘q, agar taklif bo‘lsa, o‘ylab ko‘raman.
— “Zenit”, “Spartak” yoki “Krasnodar”. Kim chaqirishini farqi bormi?
— Avval aniq taklif olish kerak, keyin bir qarorga kelamiz.
Abduvohid Ne’matov “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda o‘zbek futbolining eng iqtidorli darvozabonlaridan. 23 yoshli golkiper klublar miqyosida 139 ta uchrashuvda ishtirok etgan va O‘zbekiston Superligasida ikkita gol urishgan ham erishgan. Abduvohid o‘yinlarda 105 ta gol o‘tkazib yuborgan, 66 ta bellashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishni uddaladi.
Ne’matov O‘zbekiston U-19, O‘zbekiston U-23, O‘zbekiston olimpiya terma jamoalarida jami 26 ta xalqaro uchrashuvda darvozani qo‘riqlagan. 2020 yildan beri mamlakatimiz milliy terma jamoasi a’zosi. Hozirgacha xalqaro miqyosda yetti bellashuvda maydon tushib, ulardan ikkitasida raqibga gol urish imkonini bermagan.
Abduvohid Ne’matovning “Nasaf” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabriga qadar davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari iqtidorli golkiperning transfer summasini 1,5 million yevroga baholagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar