
UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining ilk o‘yinida Borussiya va Lill 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Uchrashuv Dortmunddagi “Signal Iduna Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. Borussiya safida yagona golni Karim Adeyemi 22-daqiqada kiritdi. Lill esa 68-daqiqada Xaukon-Arnar Xaraldssonning goli bilan hisobni tenglashtirdi.
O‘yinda to‘p nazorati Lill foydasiga bo‘lib, 57%ni tashkil etdi. Borussiya darvozaga 7 ta zarba yo‘llagan bo‘lsa, Lill 9 ta zarba berdi. Ikkala jamoa ham faqat bittadan aniq zarba yo‘lladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar