
Madridning «Real» klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi Kilian Mbappening o‘yinidagi pasayish vaqtinchalik ekaniga ishonmoqda. Buning asosiy sababi esa – futbolchining yaqinda tishini oldirgani.
Marca nashrining xabar berishicha, fransiyalik hujumchi 9 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinga to‘liq tayyor. Mbappe ushbu uchrashuvda ishtirok etishni juda xohlamoqda va o‘z kuchiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Kilian «Real»dagi mavsumni omadsiz boshlagan bo‘lsa-da, keyinchalik tezda forma topdi. Xususan, Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (3:1) xet-trik qayd etgan.
Biroq shundan so‘ng qiyinchiliklar boshlandi. U «Jirona»ga qarshi o‘yinda (2:0) bir necha imkoniyatni ishg‘ol qila olmadi, «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinni (1:0) esa tishini oldirgani sababli o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng, «Betis»ga qarshi bahsda (1:2) jamoada eng yomon futbolchilardan biriga aylandi. Liga chempionatidagi «Atletiko»ga qarshi derbida (2:1) esa uning maydondagi faolligi deyarli ko‘rinmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar