07:51 / 08.03.2025
185

90+1-daqiqadagi gol! «Tuluza» va «Monako» 7 yildan keyin yana durang o‘ynadi

90+1-daqiqadagi gol! «Tuluza» va «Monako» 7 yildan keyin yana durang o‘ynadi
8 mart kuni Fransiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Tuluza» – «Monako» bahsi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida «Monako» hujumchisi Takumi Minamino Miki Bieretning uzatmasidan foydalangan holda hisobni ochdi. Ammo «Tuluza» javob zarbasini o‘yin oxirida berdi – 90+1-daqiqada Frank Magri gol urdi va hisobni tenglashtirdi.

Jamoalar Liga 1 turnir jadvalida quyidagi o‘rinlarni egallab turibdi: «Tuluza» 34 ochko bilan 8-o‘rinda, «Monako» esa 44 ochko bilan 4-pog‘onada. Qiziq tomoni shundaki, bu ikki jamoa oxirgi marta xuddi shu hisob bilan 2018 yilda durang o‘ynagan edi.

Manba: Sports24

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport