00:44 / 09.03.2025
12 130

«CSKA» «Ximki»ni mag‘lub etdi – g‘alaba goli 90+3-da urildi

«CSKA» «Ximki»ni mag‘lub etdi – g‘alaba goli 90+3-da urildi
Rossiya Premer-ligasining 20-turida CSKA Moskva «Ximki»ni qabul qildi va so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning yagona goli 90+3-daqiqada Villian Rocha tomonidan kiritildi.

CSKA butun o‘yin davomida tashabbusga ega bo‘ldi: jamoa to‘pni 76% nazorat qildi, raqib darvozasiga 27 marta zarba berdi va 11 ta burchak zarbasi ishladi. «Ximki» esa himoyaviy o‘yin namoyish etib, 6 marta zarba berdi va bor-yo‘g‘i 1 ta burchak zarbasi qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev o‘yinning 61-daqiqasida maydonga tushdi va 6.9 ball bilan baholandi.

CSKA bu g‘alaba orqali 35 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi, «Ximki» esa 19 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport