13:19 / 09.03.2025
1 335

Ilyos Zeytullayev: "Tarixiy jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish uchun asta-sekin shakllanyapmiz"

Ilyos Zeytullayev: "Tarixiy jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish uchun asta-sekin shakllanyapmiz"
Superliganing 1-turida Toshkentda "Bunyodkor" va "Neftchi" o‘zaro to‘qnash keldi (2:2). Uchrashuvidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Ilyos Zeytullayev OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

"Juda qiziqarli o‘yin guvohiga aylandik. Qaysidir daqiqalarda biz, ayrim vaziyatlarda raqib yaxshiroq ko‘rindi. Umumiy ma’noda shogirdlarim o‘z vazifasini yaxshi bajardi. Bu yil medallar uchun kurashadigan, mamlakatimizning eng kuchli jamoasiga qarshi mavsumning birinchi o‘yinini yomon o‘tkazmadik.

Aytganimdek, “Neftchi” kuchli jamoa. Shuning uchun o‘yindan qoniqdim. Bugun maydonda to‘p surgan barcha o‘yinchilarning harakatlaridan roziman! Ular mehnat qilishdi, futbol o‘ynashdi. Bizda ahil kollektiv yig‘ilgan. “Bunyodkor” esa tarixiy jamoa. Biz o‘sha tarixiy jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish uchun asta-sekinlik bilan shakllanyapmiz, o‘yinimizni “quryapmiz”. Muxlislar stadionga tashrif buyurishi uchun harakat qilishda davom etamiz", - deydi Ilyos Zeytullayev.

Manba: "Bunyodkor" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport