
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Avvalambor, barchani O‘zbekistonda katta futbol mavsumining boshlanishi bilan tabriklayman. Og‘ir o‘yin bo‘ldi deb ayta olaman. Vaziyatlarimizni kutdik va shu orqali raqib darvozasini ishg‘ol qilmoqchi edik. Kurashlarga boy bahs guvohiga aylandik. Raqib juda kuchli edi. Rejamizda g‘alaba edi, yakunlarda xatolikka yo‘l qo‘ydik. "Nasaf"da ham, bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlikka kirishamiz.
- "So‘g‘diyona"da yaxshi jamoa tuza oldingiz. Bu yilgi mavsumda rejalar qanday?
- Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz. Ko‘proq mahalliy yoshlarga imkoniyat berish asosiy maqsadimiz. Ular o‘yinlar davomida o‘sib boradi, jamoamiz ham kuchayadi. Ko‘p futbolchilarimiz turli davlatlar yoshlar terma jamoalariga asosiy nomzodlar sanalishadi. Maqsadimiz yo‘lidagi jarayonda kutish, sabr qilish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor.
- Bugun chempionatning ilk o‘yini edi. Bunda futbolchilarda bosim bo‘ladimi?
- Albatta, har doim birinchi o‘yinlarda hayajon bo‘ladi. Aniqlik yetishmaydi, ba’zan moslashib olish uchun yetarli darajada tajriba bo‘lmaydi. Yorqin futbol namoyish etish qiyin, boringizni ko‘rsatib bera olmaymiz.
- Doriyev va Andreyevlar bilan bog‘liq qanday rejalaringiz bor edi?
- Ular shubhasiz jamoamiz yetakchilari. Biroq ba’zan jarohatlar pand berali, tavakkal qilishni istamaysiz. Futbolda bir kishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar ko‘p, shu bois barchasi siz istagandek bo‘lavermaydi.
- Siz uchun bugungi o‘yin juda emotsional o‘tgandek ko‘rindi ...
- Men doim o‘yin haroratida emotsional bo‘lsam kerak. Xotirjamlikka intilaman, biroq o‘zbek futbolida hakamlar meni hammadan ham ko‘proq eslab qolishsa kerak.
- O‘tgan mavsum "Nasaf"ni 2 marta yuta olgandingiz. Bu jamoani yaxshiroq o‘rganib chiqqaningiz aniq. "Nasaf" o‘yin uslubida bugun qanday o‘zgarishlarni sezdingiz?
- Aytib o‘tdim, chempionatning birinchi o‘yinida ko‘p narsa ko‘rinmaydi. Futbolchilarning indivudial mahoratiga ham ko‘p jihatlar bog‘liq. "Nasaf" yaxshi jamoa va har doim raqobat ko‘rsata oladi. Jizzaxdagi o‘yinimizda g‘alaba uchun borimizni berib harakat qilamiz.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar