15:26 / 10.03.2025
39

Eldor Shomurodovning "Empoli"ga qarshi uchrashuvdagi harakatlari (video)

Eldor Shomurodovning "Empoli"ga qarshi uchrashuvdagi harakatlari (video)
Italiya A Seriyasining 28-turida “Roma” safarda “Empoli”ga qarshi bahs olib borib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 72 daqiqa harakat qildi.

Eldor Shomurodovning statistikasi:

- Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar – 1
- Bloklangan zarbalar – 0
- Dribling urinishlari – 2/0
- To‘pga teginishlar – 46
- Uzatmalar aniqligi – 29/33 (88%)
- Keskin uzatmalar – 3
- Uzoq masofaga uzatmalar – 1/1
- Yakkakurashlar – 4/0
- Ikkinchi qavatdagi kurashlar – 3/2
- To‘pni yo‘qotishlar – 12
- Qoida buzilishi – 0
- Unga nisbatan qoida buzilishi – 0
- To‘p tortib olish – 0
- Dribling bilan aldab o‘tish – 0

Shomurodovning ushbu harakatlari uchun Sofascore portali tomonidan 6.5 ball baholandi.

Jamoa bosh murabbiyining fikrlari

Jamoa ustozi Klaudio Raneri o‘yin haqida shunday dedi:

"Biz o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, aks holda, bunday bahslarda durang qayd etishimiz mumkin. Mavsumning ikkinchi yarmi har doim qiyin kechadi. Shuningdek, bugungi uchrashuvda o‘ynashga chanqoq bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushirdim. Endilikda e’tiborimizni “Atletik Bilbao”ga qarshi uchrashuvga qaratamiz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz.

Butun jamoaning harakati menga yoqdi. Shomurodov – ajoyib yigit, u faoliyati davomida ko‘p gol urmagan bo‘lsa-da, eng muhimi – to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri joyda bo‘lish. Bu esa uning eng kuchli jihatlaridan biri. Bundan tashqari, Eldor shu kungacha muhim gollar urdi va shunday davom etishidan umidvorman", – dedi italiyalik mutaxassis.

“Roma” navbatdagi uchrashuvini 13 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da Ispaniyaning “Atletik Bilbao” klubiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport