
Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida "Istiqlol" darvozasiga penaltidan gol urdi va o‘zi uchun muhim marrani zabt etdi. Uning faoliyatidagi umumiy gollar soni 927 taga yetdi.
Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri hisoblanadi va u 1000-gollik chegarani zabt etishga tobora yaqinlashmoqda. Hozirgacha u klub va terma jamoa safida jami 927 ta gol urgan. Bu esa uning tarixiy maqsadga yetish uchun 73 ta gol qolganini anglatadi.
40 yoshli portugaliyalik yulduz o‘zining yuqori darajasini saqlab qolmoqda va har bir uchrashuvda maydonda samarali harakat qilmoqda. Agar u hozirgi tempda davom etsa, tez orada futbol tarixidagi ilk 1000 gol urgan futbolchiga aylanishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar