03:03 / 12.03.2025
13 914

"Al-Hilol" "Paxtakor"ni yirik hisobda mag‘lub etdi!

"Al-Hilol" "Paxtakor"ni yirik hisobda mag‘lub etdi!
Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida "Al-Hilol" o‘z maydonida "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Umumiy hisob 4:1 bo‘ldi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Hamad Al-Yami hisobni ochdi, 42-daqiqada esa Malkom ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘limda "Al-Hilol" ustunlikni yana-da oshirdi – 51-daqiqada Salem Al-Dosari penaltidan gol urdi, 90+2-daqiqada esa Nasser Al-Dawsari jamoasining to‘rtinchi golini kiritdi.

"Al-Hilol" butun o‘yin davomida ustunlik qildi – 65% to‘pga egalik, 20 ta zarba va 87% aniq paslar. "Paxtakor" 8 ta zarba yo‘lladi, ammo bu yetakchi raqibga qarshi yetarli bo‘lmadi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport