
"Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz intizom va yuqori mahorat darajasini namoyish etdik, o‘zbek jamoasining xavfli harakatlarini bartaraf etdik hamda o‘yinni o‘zimizga kerakli bo‘lgan tarzda boshqara oldik.
Raqibimizni yuqori tezlikda o‘ynashga majbur qildik. Muxlislarni alohida tabriklayman, ular jamoani kutib olishdan boshlab juda muhim rol o‘ynadilar. Bu Chempionlar ligasiga munosib o‘yin bo‘ldi. Ushbu musobaqada g‘alaba qozonishga muxlislarning katta ishtiyoqi bor va biz jamoa sifatida bu ishtiyoqni his qilyapmiz. Biz O‘zbekistondan vaziyatni o‘zgartira olishimizga to‘liq ishonch bilan kelgandik" - deya fikr bildirdi Jorje Jezus "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng.
Jamoaning bugungi o‘yini va avvalgi o‘yinlar o‘rtasidagi farq haqida:
"Chempionlar Ligasi mening shaxsiy maqsadim. Janubiy Amerika mintaqasidagi shunday musobaqada g‘olib bo‘lganman va Osiyoda ham g‘olib bo‘lishni istayman. Farq shundaki, fevral oyida biz faqat tiklanish mashqlarini o‘tkazdik va vaqt tanqisligi tufayli ularni mukammal tarzda bajara olmadik. Aynan shu holat o‘tgan o‘yinlar bilan bugungi o‘yin o‘rtasidagi asosiy farqni yuzaga keltirdi. Biz har uch kunda o‘yin o‘tkazmoqdamiz".
Jamoaning ko‘plab jarohatlar fonidagi keyingi o‘yinga tayyorgarligi haqida:
"Men bunday musobaqalarda ishtirok etish bo‘yicha katta tajribaga egaman. Yevropada ham, Braziliyada ham tig‘iz jadval sharoitida ishlaganman, biroq jamoa tarkibi keng bo‘lishi kerak. Bu yil o‘yinchilar ro‘yxati qisqartirilgani sababli, "Al-Nasr" va "Al-Ahli"da ham, bizda ham, rotatsiya qilishga imkoniyat kamaydi. "Real Madrid" kabi barcha yetakchi klublar ham taqvim zichligi tufayli ko‘plab jarohatlar bilan to‘qnashadi.
Ba’zilar jamoaning jismonan tayyor emasligi yoki bunga fitnes murabbiy aybdor, deb aytayotganini ko‘rdim. Bunday fikrdagilar yaxshisi jim tursin. Masala jismoniy yuklamalar bilan emas, ularning o‘yinlar va tiklanish orasidagi taqsimoti bilan bog‘liq. Aynan tayyorgarlik dasturini tanqid qilayotganlar bu borada mutlaqo nohaqlar. Ular hech nima tushunishmaydi.
Tanaffusdan oldin yana bir o‘yinimiz bor. Keyingi uchrashuv men uchun finalga teng. Maqsadimiz yana chempionlikni qo‘lga kiritish va bu juda muhim. Osiyo Chempionlar ligasi men uchun alohida ahamiyatga ega, biroq milliy chempionat ham ustuvor hisoblanadi, shu sababli futbolchilarning tiklanishi hal qiluvchi omil bo‘ladi". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar